Kuman: "Apellyatsiya tayyorlash niyatim bor"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 151

Xabaringiz bor, "Barselona" ustozi Ronald Kuman "Granada" bilan bahsda hakam bilan tortishgani uchun diskvalifikatsiyaga uchragan edi. Niderlandiyalik mutaxassis shu haqda to'xtaldi. "Apellyatsiya tayyorlash niyatim bor, chunki jazo haddan tashqari ortiqcha. Agar hakamlar haqiqatan ham haqorat qilinsa, u holda aybdor 20 o'yinga diskvalifikatsiya qilinadi. Men jarimani qoralayman. "Valensiya"ga qarshi o'yinda men zaxira o'rindig'ida bo'lmayman. Biz buni muhokama qilib oldik, murabbiylar shtabimiz ahil", – deydi Kuman. Eslatib o'tamiz, murabbiy zaxira hakamini haqorat qilgani bois ikki o'yinga chetlatilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
247