A Seriya. «Inter» safarda g'alaba qozonib chempionlik ostonasiga yaqinlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 172

Italiya chempionatining 34-turi doirasida «Inter» autsayder «Krotone» maydoniga safar qildi. «Etsio Skida» o'yingohida kechgan bahs mehmonlarning 2:0 hisobidagi ishonchli g'alabasi bilan yakunlandi. «Neradzurri» tarkibida gollarga Eriksen va Hakimilar mualliflik qilishdi.
Shu tariqa peshqadam «Inter» buning baxsdan so'ng, 82 ochko jamg'arib, eng yaqin ta'qibchisi «Atalanta»ni 14 ochkoga ortda qoldirmoqda. Agar Bergamo klubi ertaga, 2 may kuni «Sassuolo»ni mag'lub eta olmasa, Konte jamoasi chempionlikni rasmiylashtiradi.
A Seriya, 34-tur
«Krotone» — «Inter». 0:2(0:0,2:0)
«Etsio Skida»
Gollar: Eriksen (69), Hakimi (90+3).
«Krotone» – Kordats, Magalyan, Golemich, Jiji, Retsa (Pedru Pereyra, 38), Benali (Vulich, 66), Chigarini (Eduardo Enrike, 46), Unas (River, 72), Molina, Junior Messias, Nvankvo.
«Inter» – Handanovich, Hakimi, de Vrey, Bastoni, Darmian (Perishich, 66), Barella, Sensi (Eriksen, 65), Brozovich, Shkrinyar, Martines (Sanches, 65), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Brozovich (38), River (73), Eriksen (90+1).
Manba: stadion.uz
Bosh sahifaga
245