So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
La liga. «Atletiko» safarda g'alaba qozonib, peshqadamlikni mustahkamladi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 162
Ispaniya La ligasi 33-turida Madridning «Atletiko» klubi 1 may shanba kuni «Elche» bilan bahs yuritdi.
Uchrashuv taqdirini hal qilib bergan yagona gol 23-daqiqada Markos Lorente tomonidan kiritildi. O'yinga hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda mezbonlar hisobni tenglashtirishi mumkin edi, ammo Fidel 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantira olmadi.
Ushbu g'alabadan keyin Madrid klubining ochkolari soni 76 taga etdi va musobaqadagi peshqadamligini mustahkamladi. «Elche» (30) esa 18-pog'onani band etgan.
La liga, 34-tur
1 may, shanba
«Elche» — «Atletiko» 0:1
Gol: 0:1 – 23 Lorente.
Noaniq penalti: Fidel (90+1)
«Elche»: Gassaniga, Palasios (Barragan, 46), Xosema (Rodriges, 80), Diego Gonsales, Kalvo, Guti, Markone (Hosan, 80), Morente (Pyatti, 46), Fidel, Milya (Nino, 71), Boe.
«Atletiko»: Oblak, Tripper, Ximenes (Felipe, 82), Savich, Ermoso, Lorente, Lemar (Joau Feliks, 57), Kondogbia, Karrasko, Korrea (Koke, 65), Suares (Saul, 82).
Ogohlantirishlar: Lemar (36), Karrasko (41), Milya (69), Boe (75), Barragan (76).