So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Klopp: «G'alaba qozona olmasak, evrokuboklar uchun imkoniyatimizni yo'qotamiz»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106
«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp APL 34-tur doirasida bo'ladigan MYuga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
— «Liverpul» «Old Trafford»da yutishi lozimmi?
— Shart. 100 foiz ortig'i bilan. Agar g'alaba qozona olmasak, kelasi mavsum uchun evrokuboklarda qatnashish imkoniyatimizni yo'qotamiz.
— «Manchester Yunayted»ning formasi haqida nima deya olasiz?
— Har hafta payshanba, shanba kunlari o'yin o'tkazsang, shunday grafikka o'rganasan, lekin albatta bu yordam bermaydi. Bu ular uchun qiyin chaqiruv. Juma va shanba kunlari ular qayta tiklanishadi, keyin yana o'ynashadi. Ularda taktik o'zgarish qilishga imkoniyat yo'q, biroq ular shu ishni qilishni istashmoqda deb o'ylamayman.
Qiyin, intensiv o'yin kutmoqda. Ularning «Roma»ga qarshi o'yinini ko'rdik va ajoyib! Ayniqsa, ular o'ynashga berishganida, maydon bo'ylab uchishdi.
Ishonchim komilki, ular hali ham APLda g'alaba qozonish uchun imkoniyat etarli deb o'ylashmoqda. Oldinda turgan bahsda ikki jamoa ham g'alabaga tashna. Bu esa yuqori saviyali o'yin uchun ajoyib retsept", — dedi Klopp.
Manba: Sky Sports