De Ligt: «E'tiborimiz ikkinchi o'ringa qaratilgan»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 151

«Yuventus» himoyachisi Matteys de Ligt klubning mavsum yakuniga qadar bajarishi kerak bo'lgan vazifasi haqida gapirdi.
«Fiorentina»ga qarshi o'yin natijasidan xafamiz. 3 ochko olish juda ko'p mehnatni talab qildi.
Yuqori shiddat, to'p bilan yanada ishonchli harakat qilish va himoyada yaxshiroq o'ynashimiz lozim edi.
A Seriya g'olibligi haqida o'ylayotgandik, ammo hozir maqsadimiz — ikkinchi o'ringa ega chiqish. Yuqori saviyani ushlab qolish muhim. E'tiborimiz ikkinchi o'ringa qaratilgan", — deya Sky Sport Italia bilan intervyuda aytib o'tdi de Ligt.
Manba: Sky Sport ItaliaFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
263