So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Superligada aprel oyining eng yaxshilari aniqlanmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128
42O'zbekiston Professional futbol ligasi odatga ko'ra, har oy Coca-Cola Superliganing eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi, shuningdek, eng chiroyli golini aniqlab kelmoqda. Ortda qolayotgan aprel oyida Superligada 3 ta tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Mazkur bellashuvlar davomida ko'plab futbolchi va murabbiylar o'zlarini ko'rsatishga erishdi.
Aprel oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lish uchun nomzodlar
Piter Xyuistra (“Paxtakor”) – 2 ta o'yin, 2 g'alaba
Ro'ziqul Berdiev (“Nasaf”) – 3 ta o'yin, 3 g'alaba
Mikael Sekeyra (“Lokomotiv”) – 3 o'yin, 2 g'alaba, 1 durang
Jasur Abduraimov (“Metallurg”) – 3 o'yin, 2 g'alaba.
Aprel oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar
Eren Derdiyok (“Paxtakor”) – 2 o'yin, 2 gol
Shoxruz Norxonov (“So'g'diyona”) – 3 o'yin, 4 gol
Dragan Cheran (“Paxtakor”) – 2 o'yin, 2 gol
Marko Stanoevich (“Nasaf”) – 3 o'yin, 4 gol
Husain Norchaev (“Nasaf”) – 3 o'yin, 2 gol
Diyor Turopov (“Lokomotiv”) – 3 o'yin, 2 gol.
Aprel oyining eng chiroyli goliga nomzodlar
Shohruh Gadoev (AGMK – “Navbahor” uchrashuvida)
Marko Stanoevich (“Nasaf” – “Turon”)
Nurillo To'xtasinov (“Bunyodkor” – “So'g'diyona”)
Marko Stanoevich (“Qizilqum” – “Nasaf” uchrashuvidagi birinchi goli)
Ayubxon No''monov (“Bunyodkor” – “So'g'diyona”)
Jasur Hasanov (“So'g'diyona” – “Mash'al”)
Akmal Mozgovoy (“Nasaf” – “Surxon” uchrashuvidagi birinchi goli)
Marko Stanoevich (“Nasaf” – “Surxon”).
Eslatib o'tamiz, ovoz berish jarayonida Coca-Cola Superliga klublari bosh murabbiylari va sardorlari hamda muxlislar ishtirok etishadi. Coca-Cola Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko'rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o'rinda ko'rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o'rindagilar 2 va 1 ochkolik bo'ladi. O'zPFL tomonidan futbol muxlislari o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma natijasi esa murabbiy va sardorlar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma natijalariga qo'shiladi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo'lib, birinchi o'rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo'lga kiritadi. Yakunda eng ko'p ball to'plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e'tirof etiladi. Mazkur havola orqali aprel oyining eng yaxshilarini aniqlash jarayonida ishtirok etish imkoniyatiga egasiz.
Manba: pfl.uz