Ramos «Osasuna» bilan o'yinda ishtirok etadimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 164

Ramos «Osasuna» qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.
«Real» sardori Serxio Ramos jarohatini tiklamoqda, ammo u shanba kuni bo'lib o'tadigan «Osasunaga» qarshi La Liganing 34-tur uchrashuvini o'tkazib yuboradi.
Madridliklar bosh murabbiyi Zinedin Zidan etakchini chorshanba kuni rejalashtirilgan «Chelsi»ga qarshi Chempionlar Ligasi yarim finalining ikkinchi uchrashuvi uchun saqlashga qaror qildi.
Eslatib o'tamiz, Ramos «Real» tarkibida 13 martdan beri o'ynamayapti. Jamoaning himoyadagi muammolari mavsum oxiriga qadar Dani Karvaxal va Lukas Vaskesning safdan chiqarilishi bilan murakkablashdi.
Ispaniya chempionatida «Real» «Atletiko»dan ikki ochko ortda qolib, ikkinchi o'rinda bormoqda.
Manba: eurofootball.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
264