Konte jamoadagi muhit haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 151

«Inter» bosh murabbiyi Antonio Konte Italiya chempionatidagi «Krotone»ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
Milan klubi «Krotone»ni mag'lub etsa va «Atalanta» «Sassuolo»ga qarshi o'yinda ochko yo'qotsa, chempionlikni muddatidan oldin hal qiladi.
«Yigitlar buni tushunib turishibdi, ertaga «Inter» shu ishni qilishi lozim. Agar bunday bo'lmasa, bizni yoqimsiz syurpriz kutmoqda.
Raqibni hurmat qilamiz. »Krotone«da motivatsiya etarli, ular A Seriyada qolishga loyiq ekanliklarini isbotlashni istashmoqda.
Raqib jamoa va biz ham charchoqni his qilishimiz mumkin, lekin biz tarixiy voqeaga erishishni maqsad qilganmiz.
Shuning uchun, charchoq holati bo'ladi deb o'ylamayman. Agar kimdir charchagan bo'lsa, yaxshi menga aytsin va zaxira o'rindig'iga borib joylashsin», — dedi Konte.
Manba: Football Italia
Bosh sahifaga
270