So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
APL qoidalariga o'zgartirish kiritilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 186
APLda ramazon vaqtida musulmon futbolchilar iftorlik uchun og'iz ochib olishga tanaffus joriy qilinishi mumkin. APL liganing barcha hakamlaridan bu masalani muhokama qilib olishga chaqirgan.
«Lester» va «Kristal Pelas» o'rtasida bo'lib o'tgan 26 aprel kungi o'yin futbolchilar Uesli Fofana va Shayh Kuyate iftorlik qilib olishi uchun bosh hakam Grem Skott tomonidan ma'lum muddatga to'xtatib turildi.
APL qoidalariga ko'ra, har ikki jamoa sardorlari o'yindan avval o'zaro kelishib oladigan bo'lsa uchrashuvda kichik tanaffus olishga ruxsat etilgan.
Biroq Premer Liga ramazon oyida iftorlik vaqti kelganda o'yinni biroz to'xtatib turish va musulmon futbolchilarga og'izni ochib olish imkoniyatini yaratishni qoidalar qatoriga kiritmoqchi. Ya'ni har bir o'yindan avval hakamlar futbolchilar orasida ro'za tutganlar bor yoki yo'qligini so'raydi va shunga qarab o'yin vaqtida kichik tanaffus e'lon qilish masalasiga oydinlik kiritadi.
Bu qoida Premer Liga 34-turi doirasida 30 aprel kuni kechadigan «Sauthempton» va «Lester» o'rtasidagi uchrashuvdan boshlab amalga kiritilishi kutilmoqda.