«Baby league» musobaqasining 3-bosqichi bo'lib o'tmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1032

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi hududiy bolalar-o'smirlar futbol akademiyalarining tarbiyalanuvchilari o'rtasida “Baby league” musobaqasi joriy etilgani haqida avval xabar berib o'tgandik. Bugungi kunga kelib mazkur musobaqaning 3-bosqichi yakuniga etib bormoqda.
Xususan, “Baby league”ning 3-bosqich o'yinlari Qashqadaryo viloyatining bolalar-o'smirlar futbol akademiyasida o'tkazilib, unda jami 32 nafar maktab o'quvchilari ishtirok etishdi.
Umumiy hisobda esa, bugungi kunga kelib O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi hududiy bolalar-o'smirlar futbol akademiyalari tomonidan o'tkazilgan “Baby league” musobaqalarida jami ming nafardan ortiq yoshlar ishtirok etishdi. “Baby league” musobaqasini o'tkazilishidan asosiy maqsad yoshlarni futbolga jalb etish hamda ular orasidan yosh iqtidor egalarini saralab olish va hududiy futbol akademiyalariga selektsiya qilishdan iboratdir.


Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
215