Kosta faoliyatini Braziliyada davom ettirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 174

«Yuventus» yarimhimoyachisi va hozirda «Bavariya»da ijarada o'ynayotgan Duglas Kosta katta ehtimol ushbu mavsum oxirida Italiyaga qaytmaydi. Bu haqda Globo Esporte xabar bermoqda.
Jurnalistlarning ta'kidlashicha, Braziliyaning «Gremio» klubi 30 yoshli braziliyalikni sotib olishga urinib ko'radi. Biroq, Kostaning yuqori maosh talablari bunga to'siq bo'lishi mumkin.
Ma'lumot uchun, Kocta joriy mavsum «Bavariya» tarkibida 22 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
261