Alba: «Granada»da ikkita imkoniyat bo'ldi va ular golga aylandi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 156

«Barselona» himoyachisi Xordi Alba La Liga 33-turida «Granada»dan uchralgan mag'lubiyatdan (1:2) so'ng o'z fikrini bildirdi.
“Bugun biz uchun atalmadi. Oxirigacha kurashdik, ammo omad yuz o'girdi. Bu chempionlik yo'lidagi ajoyib imkoniyat edi, Biroq endi vaziyat faqat bizga bog'liq emas. «Granada»da ikkita imkoniyat bo'ldi va ular golga aylandi.
Bungacha bo'lgan ko'plab o'yinlarda ochko yig'ib borish kerak edi. Barchasi o'zz qo'lingda bo'lib turgan vaqti bu kabi holatlar anchayin alamli. Shafqatsiz zarba bo'ldi.
Endi qolgan beshta uchrashuvda g'alaba qozonish orqali buni engib o'tish mumkin. Biroq mavsumni yaxshi o'tkazmoqdamiz deb ayta olaman», - deydi Alba.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
241