Jasur Abduraimov: “Natijadan qoniqdim, o'yinimizni esa hali topib olganimiz yo'q”
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131

O'zbekiston Coca-Cola kubogi musobaqasining guruh.bosqichi 3-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Qo'qon-1912" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Jasur Abduraimov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Bugun ancha qiyin, og'ir uchrashuvni o'tkazdik. Shogirdlarimga rahmat aytaman. Kerakli natijani qo'lga kiritdik. Yigitlar oxirigacha kurashishdi. Bundan tashqari bizga omad ham kulib boqdi. Biz hali o'z o'yinimizni to'liq topib olganimiz yo'q. Ammo ta'kidlab aytaman, o'yinimiz asta sekin shakllanmoqda.
- Kubok o'yinlaridan qoniqish hosil qildingizmi?
- Biz ayni paytda Kubok uchrashuvi bo'ladimi yoki chempionat doirasidagi o'yin, bu haqda o'ylayotganimiz yo'q. Har bitta o'yinda maydonga faqat g'alaba qozonish, muxlislarimizni xursand etish uchun chiqayapmiz.
- Superliganing navbatdagi turida "So'g'diyona" jamoasiga qarshi o'ynaysizlar. Ulug'bek Baqoev jamoasidan nimalarni kutayapsiz?
- Ulug'bek Baqoev yaxshi bilaman, yaxshi saviyadagi murabbiy. Jamoasi ham xarakter ko'rsatadigan kollektiv. "So'g'diyona" bilan o'yin qiziqarli bo'lishi aniq. Kimning yutishini esa maydon aniqlab beradi.
- Siz shakllantirayotgan "Metallurg"dan muxlislar keyingi turlarda nimalarni kutish mumkin?
- Bizda hamma futbolchilarim birdek, jipslashib harakat qilishayapti. Biz hali muxlislar kutayotgan chiroyli, mazmunli futbolni ko'rsata olmadik. Ammo biz xoxlayotganimizni bir kunda amalga oshirib bo'lmaydi. Buning uchun vaqt kerak. Uchrashuvlarda vaziyatlar yaratayapmiz. Lekin to'liq ikki taym yuqori saviyada o'yin namoyish etishimiz uchun ishlashda davom etishimiz lozim. Men bu jamoaga kelganimga endi bir oy bo'ldi. Men nimani istayotganimni futbolchilar tushinib etishdi. O'z navbatida ularning menga, mening qo'l ostimdagi futbolchilarga ko'nikishimga ham vaqt kerak. Futbolda birinchi navbatda nitaja so'raladi. Biz esa hozircha natijani ko'rsatayapmiz.
- Nagaev bugun o'yin qaydnomasida ham ko'rinmadi?
- Unda jarohat bor edi. Shu sabab bugun uni maydonga tushirmadik.

Bosh sahifaga
232