MYu 57 yil oldingi ko'rsatkichni qayd etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 181

«Manchester Yunayted» Evropa Ligasining yarim final birinchi o'yinida «Roma»ni 6:2 hisobida mag'lub etdi.
Opta xabariga ko'ra, «Manchester Yunayted» 57 yil ichida Evropa musobaqalari doirasida bitta yarim finalda 6 ta gol urgan birinchi jamoaga aylandi.
Avvalroq, bu ishni 1964 yilda «Real Madrid» uddalagan edi. O'shanda «qirollik klubi» «Tsyurixa»ga Chempionlar kubogi yarim finalida 6 ta gol urgan.
Eslatib o'tish joiz, «Roma» hamda «Manchester Yunayted» o'rtasidagi yarim final bosqichining javob o'yini 6 may kuni, Italiya poytaxti Rim shahrida bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
264