Fernandesh: «Ikkinchi bo'limda eng yaxshi tomonimizni namoyish etdik»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 115

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Bruno Fernandesh Evropa Ligasining birinchi yarim final uchrashuvidagi «Roma»ga qarshi o'yindan (6: 2) so'ng, fikr bildirdi.
«Biz o'yinni yaxshi boshladik, ammo keyin ikki marta gol o'tkazib yubordik. Ammo, shunga qaramay, biz diqqat va xotirjamlikni saqladik, so'ngra ikkinchi bo'limda eng yaxshi tomonimizni namoyish etdik.
Men Italiyada o'tkazgan vaqtimdan zavq olganman. Ammo, bu erda, «Yunayted» da o'zimni uydagidek his etaman va o'zimga ishonaman. Bu menga eng yaxshi futbolimni namoyish etishga imkoniyat beradi», - deydi portugaliyalik futbolchi.
Fernandesh faoliyatini Italiyada boshlagan, besh yilni esa «Novara», «Udineze» va «Sampdoriya»da o'tkazgan.
Bugun u «Manchester Yunayted» tarixida raqiblar darvozasiga 20ta penalti tepgan uchinchi futbolchi bo'ldi. Faqatgina undan Ueyn Runi va Rud van Nistelroyda ko'proq ko'rsatgich mavjud.
Manba: sky sports
Bosh sahifaga
251