Robin Gosensga APL grandi qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 158

«Atalanta»ning qanot himoyachisi Robin Gosens klubini o'zgartirishi mumkin, deb xabar beradi Tuttomercatoweb.
Manbaga ko'ra, 26 yoshli germaniyalik futbolchi «Lester» qiziqishlari doirasida. Qayd etilishicha, futbolchining o'zi Premer-ligaga o'tishga qarshi emas, faqat «tulkilar» mavsum oxirida Chempionlar Ligasi zonasiga kira olishsa.
Ma'lumot o'rnida, himoyachi ushbu mavsum Bergamo klubi bilan barcha musobaqalarda 38 uchrashuv o'tkazgan. Bu o'yinlarda esa 10 gol va 8 golli uzatma qayd etgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
167