Alaba «Real»da qancha maosh olishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 181

"Bavariya" klubi himoyachisi David Alaba yozda Madridning "Real" klubiga o'tishi kutilmoqda.
Jurnalist Fabritsio Romano tarqatgan xabarga ko'ra, avstriyalik o'yinchi "qaymoqranglilar" bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan.
Alaba erkin agent sifatida Madridga ko'chib o'tadi. Uning "Qirollik klubi" safidagi yillik maoshi 12 million evroga teng bo'ladi.
David Alaba joriy mavsumda "Bavariya" safida barcha musobaqalar doirasida 42ta uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol urdi va 5ta golga uzatma berdi.
Transfermarkt uning narxini 55 mln evroga baholagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
183