OChL. "Paxtakor" - "Eyr Fors" o'yin oldi prevyusi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 169

Guruh bosqichi va musobaqadagi ishtirokini "Paxtakor" Iroqning "Eyr Fors" klubiga qarshi o'yin bilan yakunlaydi.
Ushbu jamoaga qarshi avvalgi ikki uchrashuvda 2:1 va 0:0 natijasi qayd etilgan. Iroqliklardan mazkur bellashuvni Ibrohim Baesh va Hasan Matruk diskvalifikatsiya sababli o'tkazib yuboradi. "Paxtakor"da esa bunday yo'qotish mavjud emas.
Ushbu o'yinda g'alaba orqali jamoamiz O'zbekistonga OFK koeffitsentlar reytingida qo'shimcha ochkolar keltirishi mumkin.
"Paxtakor" va "Eyr Fors" jamoalari o'rtasidagi o'yin 29 aprel, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da "Sharja" stadionida boshlanadi.
Manba: "Paxtakor" matbuot xizmatiFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
151