Markinos Ronaldu va Grizmanning EChLdagi natijasini takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 176

"Pari Sen-Jermen" klubi sardori Markinos Evropa chempionlar ligasi yarim final bosqichi doirasida bo'lib o'tgan "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda (1:2) jamoasining yagona goliga mualliflik qildi.
"OptaJoao" tarqatgan xabarga ko'ra, braziliyalik futbolchi musobaqaning chorak final va yarim final bosqichida ketma-ket ikki va undan ortiq mavsum davomida gol urgan uchinchi o'yinchiga aylandi.
Avvalroq bunday natijani Krishtianu Ronaldu (2011/12, 2012/13, 2013/14) va Antuan Grizmann (2015/16, 2016/17) qayd etishgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
150