Gvardiola: "Bizni og'ir 90 daqiqa kutmoqda"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola PSJga qarshi o'yindan so'ng (2:1) o'z fikrlarini bildirdi.
"Bahsni yaxshi boshladik. Birinchi bo'limning so'nggi 10 daqiqasi yomon o'tmadi. Tanaffusdan keyin esa hammasi o'zgardi. Safarda ikkita to'p kiritdik. 6 kundan so'ng qiyin o'yin bizni kutmoqda.
Mbappe, Neymar va Di Mariya kabi futbolchilarga qarshi o'ynash qiyin. Biz ikkita gol urdik va yana bu ishni qila olamiz. Men o'yindan mamnunman, biroq hali vazifa to'liq bajarilmadi. Bizni og'ir 90 daqiqa kutmoqda", - deydi Gvardiola.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
158