Fonseka: "Muxlislar, shahar va klub obro'si uchun kurashamiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 78
«Roma» bosh murabbiyi Paulo Fonseka «Manchester Yunayted»ga qarshi yarimfinal birinchi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
«Bu juda muhim bahs. Biz muxlislar, shahar va klub obro'si uchun kurashamiz. «Roma» Evropa Ligasining favoriti hisoblangan top jamoaga qarshi maydonga tushadi.
Bizga bu erda Smolling va Mxitaryanlarning foydasi tegsa ajab emas. Har qalay ular sobiq klublariga qarshi maydonga tushishadi. Puxta tayyorlandik deb o'ylayman.
Biz «Yunayted»ni hurmat qilamiz, ammo bizning ham o'ziga xos ambitsiyalarimiz bor. Qiziq bo'ladi, bizni hayajonli to'qnashuv kutmoqda, biz tayyormiz», - deydi portugaliyalik mutaxassis.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!