So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Prevyu. “Navbahor” – “Olimpik”
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106
O'zbekiston Coca Cola kubogi guruh bosqichi, 3-turidan o'rin olgan bahsda “Navbahor” o'z maydonida Toshkentning “Olimpik” klubini qabul qiladi.
Muxlislar mazkur jamoa haqida kam ma'lumotga ega bo'lishgani bois, raqib borasida batafsil to'xtalib o'tishni ma'qul deb topdik.
“Olimpik” joriy yilda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi (MOQ) va O'zbekiston Futbol assotsiatsiyasi (O'FA) tashabbusi bilan 2024 yil Parijda bo'lib o'tadigan yozgi Olimpiada o'yinlariga puxta hozirlik olib borish maqsadida, olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilardan tuzildi hamda Pro-ligada ishtirok etmoqda.
“Olimpik” tarkibida 2001 va 2002 yilda tavallud topgan futbolchilar to'p surishmoqda. Jamoani yaqin o'tmishning mashhur futbolchisi Temur Kapadze boshqarmoqda.
“Olimpik” jamoasining chempionatdagi asosiy maqsadi – futbolchilarni shakllantirish, yangi nomlarni kashf qilish, yosh iste'dodlarga zarur o'yin amaliyotini taqdim etishdan iborat. Rejaga ko'ra, mazkur jamoa har yili o'z yosh toifalarida qit'a musobaqalari, 2022 yilgi U-23 Osiyo chempionatida ham ishtirok etib, tajriba orttirishi ko'zda tutilgan. Yillar davomida mahoratini oshirib borgan yigitlar esa 2023-2024 yillarda Parij Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi musobaqalarda ishtirok etishadi.
Qayd etish joiz, aynan 2001 va 2002 yilda tavallud topgan futbolchilar 2024 yilgi Olimpiada o'yinlarida ishtirok etishlari mumkin. Ular 2024 yilda bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionati musobaqasini muvaffaqiyatli bosib o'ta olsa, O'zbekiston tarixida ilk bor Olimpiada yo'llanmasi qo'lga kiritiladi.
“Olimpik” ayni paytgacha Pro-ligada 5 ta o'yin o'tkazib (“Neftchi”, 0:0, “Oq-tepa”, 2:1, “Buxoro”, 0:2, “Sho'rtan”, 6:0, “Yangier”,2:1), 3 ta g'alaba, 1 ta durang va 1 ta mag'lubiyatni qayd etib, 10 ochko to'plagan holda, “Neftchi” bilan birgalikda (farg'onaliklar hisobida ham 10 ochko bor va to'plar nisbatiga ko'ra, “Neftchi” 1-o'rinda bormoqda) turnir jadvalini boshqarib turibdi.
O'zbekiston kubogining guruh bosqichi bahslarida ham Temur Kapadze shogirdlari muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda hamda “Zomin” (5:0) va “Oq-tepa” (4:2) jamoalarini mag'lubiyatga uchratgan holda, 6 ochko bilan “Navbahor” bilan birgalikda (to'plar nisbatiga ko'ra, “Olimpik” 1-o'rinda) turnir jadvalini boshqarib turibdi.
Eslatib o'tamiz, “Navbahor” – “Olimpik” uchrashuvi 30 aprel kuni soat 18:30 da start oladi.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.