«Bunyodkor»ning texnik hamkori o'zgardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 180

«Bunyodkor» 2021 yilgi mavsum uchun texnik hamkorini o'zgartirdi.
So'nggi mavsumlarda Nike, Puma liboslaridan foydalangan «Bunyodkor» ikki yillik tanaffusdan keyin yana Jako brendiga qaytdi. Kuni kecha Germaniya brendi bo'lgan Jako sport liboslari jamoa a'zolariga topshirildi. Sport liboslarini etkazib berilishida klubga amaliy yordam bergan Jako’ning Markaziy Osiyo davlatlari bo'yicha rasmiy vakili Rasulbek Bekdurdievga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz!
Eslatib o'tamiz, «Bunyodkor» shu kunga qadar uchta – Nike (2005-2011, 2019), Jako (2012-2018), Puma (2020) sport liboslaridan foydalangan.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
202