Germaniya futbol ittifoqi Flik bilan muzokara boshlanganini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 159

Germaniya futbol ittifoqi (DFB) «Bavariya» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik bilan Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimi borasida muzokara boshlaganini e'lon qildi.
«Germaniya futbol ittifoqi Xans Flikka katta ehtirom bilan yondoshadi. Yaqin orada u va "Bavariya" vakillari bilan muzokara boshlashimizni tasdiqlashimiz mumkin. Yaqin kunlarda muzokaralar jarayoniga izoh bermaymiz. Biz faqatgina jarayon ishtirokchilari bilan gaplashamiz», – deya bayonot berdi DFB.
Eslatib o'tamiz, Flikning o'zi «Bavariya»dan ketishini e'lon qilgan bo'lsa, myunxenliklar Yulian Nagelsmann bilan shartnoma imzolashdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
203