MOQ rahbariyati Portugaliya safari oldidan karatechilarimizga omad tiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 95
Bugun tunda karate WKF bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Portugaliya safariga jo'nab ketadi.
Vakillarimiz 30 aprel – 2 may kunlari Lissabon shahrida bo'lib o'tadigan navbatdagi Premer-liga musobaqasida ishtirok etishadi. Bugun MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov va uning o'rinbosari Sherzod Tashmatov safar oldidan terma jamoamiz vakillari bilan uchrashdi. Suhbat davomida MOQ raisi karatechilarimizning kayfiyati va holati haqida suhbatlashdi.
«Litsenzion musobaqaga ham oz vaqt qoldi. Bu turnir Parijda o'tadigan musobaqaga tayyorgarlik bo'ladi. Jang payti o'zingizda kichik jarohat sezsangiz, darhol musobaqadagi ishtirokni to'xtating. Asosiy e'tiborimiz Olimpiadaga to'g'ridan to'g'ri yo'llanma beradigan musobaqaga qaratiladi.
Bu borada hukumatimiz barcha kerakli sharoitlarni yaratib bermoqda. Biz bunga o'z g'alabalarimiz bilan javob berishimiz lozim. Tayyorgarlik bilan bog'liq qanday sharoitlar kerak bo'lsa, biz yaratib beramiz», – dedi Rustam Shoabdurahmonov.
Manba: @OlympicUz