"Tottenxem" 22 yoshli yarim himoyachiga qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128
"Tottenxem" klubi yozgi transferlar oynasida "Seltik" klubi futbolchisi Ismaila Soroni o'z safiga qo'shib olishni istamoqda, deya xabar bermoqda "Daily Mail" nashri.
22 yoshli futbolchi yanvar oyida Isroil klubidan Shotlandiya etakchisi safiga kelib qo'shilgan. Yarim himoyachi unchalik ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'lmagan bo'lsada, "shporlar" uni haqiqiy iste'dod ekanligiga ishonmoqda.
Eslatib o'tamiz, Soro ushbu mavsum Shotlandiya chempionatida 17 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 1 ta gol va 1 ta assist yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!