Benzema Chempionlar Ligasida Raulning natijasini takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 95
Karim Benzema Chempionlar Ligasidagi gollari soni bo'yicha Raulga etib oldi. Faqat 3 futbolchi undan oldinda bormoqda
“Real” hujumchisi Karim Benzema Chempionlar ½ final dastlabki bahsi doirasida “Chelsi”ga qarshi kechgan 27-aprel kungi o'yinda (1:1) gol urdi.
Bu frantsiyalik futbolchi uchun musobaqa doirasidagi 71-gol bo'ldi. Benzema Chempionlar Ligasidagi gollari soni bo'yicha “Real” sobiq hujumchisi Raul Gonsalesga etib oldi.
Faqat Krishtianu Ronaldu (134 ta gol), Lionel Messi (120) va Robert Levandovski (73) bu borada Benzemadan yaxshiroq natija qayd etgan.
Benzema Ronaldu “Real”ni tark etganidan keyin ushbu musobaqada 15 ta gol urdi. Bu vaqt ichida portugaliyalik forvard “Yuventus” safida 14 ta gol urgan.
Benzema La Liga 2020/21-yilgi mavsumida 29 ta o'yin o'tkazib, 21 ta gol va ettita golli uzatma muallifiga aylandi.