Frantsiya chempionati ishtirokchilari soni kamaytirilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 130

Frantsiyada Liga 1 ishtirokchilari sonini kamaytirish varianti muhokama qilinmoqda.
"Le Parisien" tarqatgan xabarga ko'ra, Professional futbol ligasi direktorlar kengashining so'nggi yig'ilishida Frantsiya chempionatini islohot qilish masalasi muhokama qilindi. Gap yuqori divizion klublari sonini 20tadan 18taga kamaytirish haqida ketmoqda. Direktorlar kengashining ba'zi a'zolari esa hattoki Liga 1da 16ta jamoa ishtirok etish taklifini berdi.
Ushbu taklif qabul qilinsa, qisqartirish mavsum-2022/2023dan kuchga kiradi. Mazkur o'zgartirish teletranslyatsiyalar huquqining narxi pasaygani bilan bog'liqligi aytilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
141