Agueroga Italiya etakchi jamoasi qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 107
"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero hali kelajagi to'g'risida yakuniy qarorni qilmagan va Italiya A seriyasiga o'tishi mumkin, deb xabar bermoqda ingliz matbuoti.
"Inter" ham 32 yoshli hujumchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. "Nerrazuri" boshliqlari argentinalikning Chempionlar Ligasidagi tajribasini qadrlashadi va futbolchini yozgi transferlar oynasida qo'lga kiritishga harakat qilishadi.
Biroq, Aguero Italiya chempionati etakchisi uchun yagona imkoniyat emas. Agar kelishuv amalga oshmasa, "Inter" "Chelsi"dan Olive Jiru yoki "Roma"dan Edin Jekoni sotib olishga harakat qiladi.
"Inter"dan tashqari Agueroga "Barselona" va "Yuventus" ham qiziqish bildirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!