Erik Garsiya «Barselona» safiga borib qo'shiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 150

Ushbu hodisa yaqin vaqt ichida rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.
«Manchester Siti» himoyachisi Erik Garsiya tez orada klubini o'zgartiradi, deya xabar beradi jurnalist Nikola Shkira.
Manbaga ko'ra, futbolchi «Barselona»ga o'tishga rozi bo'lgan. Joriy mavsum oxirida 20 yoshli ispaniyalik kataloniyaliklar bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. «Shaharliklar» ushbu transfer uchun hech narsa olmaydi, chunki futbolchi erkin agent maqomida ketadi.
Transfer qiymati 20 million evro deya baholanayotgan futbolchi 2020/2021 yilgi mavsumda, barcha turnirlarda klub uchun 10 uchrashuvda maydonga tushdi, ammo samarali harakatlar bilan gol urmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
166