FIFA «Sho'rtan»ga qo'yilgan taqiqni olib tashladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 80
FIFA, va nihoyat, «Sho'rtan» futbol klubiga qo'yilgan taqiqni rasman olib tashladi. Vorivonchik ham, Kriushenko ham pulni olganini tasdiqladi. Bu haqda O'zbekiston professional futbol ligasi rahbari Diyor Imomxo'jaev xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, so'nggi 5 oyda O'zbekistonning 5 ta klubi FIFA taqiqidan qutildi: "Qo'qon-1912", "Neftchi", "Andijon", "Surxon" va "Sho'rtan".
Ayni vaqtda FIFA taqiqi bor klubimiz qolmadi. Oldinda esa klublar ustidan yana kim qanday shikoyat qilishini vaqt ko'rsatadi. PFL esa 2022 yildan boshlab bu boradagi talablarni qat'iylashtirish bo'yicha O'FA Ijroqo'miga taklif tayyorlamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!