So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Rasman! Nagelsmann kelasi mavsumda «Bavariya» boshqaradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 88
Ushbu transferdan «Leyptsig» 25 million evrogacha olishi mumkin.
«RB Leyptsig» bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann faoliyatini «Bavariya» da davom ettiradigan bo'ldi. 33 yoshli mutaxassis Myunxen klubida 2021 yilning 1 iyulidan boshlab ish boshlaydi.
Bu bo'hicha ikkala klub ham o'zaro kelishuvni tasdiqlashdi.
Nagelsmann 5 yillik muddatga shartnoma imzoladi.
O'z navbatida, «Bavariya» ham amaldagi murabbiy Xans-Diter Flikning shartnomani bekor qilish haqidagi iltimosini bajarganligini e'lon qildi.
Endi 2023 yil 30 iyunda tugaydigan shartnoma, 2021 yil 30 iyungacha amal qiladi.
Oldinroq Nagelsmann yangi klubida yiliga 8 million evro ishlab ishlab topishi ma'lum bo'lgan edi. «Bavariya» murabbiyning kelishi uchun turli-xil bonuslar bilan qo'shib hisoblaganda, 25 million evro sarf etadi.
Manba: sports.ru