So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Xosep Gvardiola sovrinlari soni bo'yicha Lobanovskini ortda qoldirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya Liga Kubogi finalida «Tottenhem» ustidan qozonilgan g'alabadan (1:0) keyin faoliyatidagi 30-sovringa ega chiqdi.
Bu orqali kataloniyalik mutaxassis sovrinlar soni bo'yicha «Dinamo Kiev» sobiq ustozi Valeriy Lobanovskini ortda qoldirdi. Ukrainalik mutaxassis 42 yillik murabbiylik faoliyati davomida 29 ta sovringa ega chiqqandi.
Faqat ikki mutaxassis bu borada Gvardioladan yaxshiroq ko'rsatkichga ega — «Dinamo Kiev»ning hozirgi murabbiyi Mircha Luchesku (40 yillik faoliyatda 34 ta sovrin) va «Manchester Yunayted» sobiq ustozi Aleks Fergyuson (39 yil ichida 49 ta sovrin).
Gvardiola oliy diviziondagi mustaqil murabbiylik faoliyatini 2008 yilda boshlagan.
«Barselona» boshqaruvida Pep 247 o'yin o'tkazdi (14 ta sovrin), «Bavariya»da — 161 ta (7), «Manchester Siti»da esa — 285 ta (9).