"Bavariya" Nagelsmannga qancha maosh taklif qilmoqchi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 166

Avvalroq xabar berganimizdek, "Leyptsig" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann yangi mavsumdan boshlab "Bavariya"ni boshqaradi.
Myunxenliklar 33 yoshli mutaxassisni qo'lga kiritish uchun “Leyptsig”ga 20 mln evro miqdorida tovon puli to'laydi. Münchner Merkur nashrina yozilishicha, Yulian yangi jamoasi bilan uzoq yillik shartnoma imzolaydi va yiliga 8 mln evro maosh oladi.
Yaqin vaqtlar ichida “Bavariya” rahbariyati va amaldagi bosh murabbiy Xans-Diter Flik bilan uchrashuv bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Unda tomonlar shartnomani bekor qilish masalasini muhokama qilishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
178