So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Matematika ham ojiz. “Paxtakor” pley-off imkoniyatini rasman boy berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 184
Matematika ham ojiz. “Paxtakor” pley-off imkoniyatini rasman boy berdi
Osiyo Chempionlar Ligasi V guruhi doirasidagi 5-tur uchrashuvida “Paxtakor” “Traktorsozi” bilan durang o'ynadi va pley-offda o'ynamaydigan bo'ldi. To'g'ri, 2-o'rinni olgan jamoalarda ham keyingi bosqichga chiqish imkoniyati bor, ammo “Paxtakor” bu yo'nalishda ham nazariy ehtimollarni yo'qqa chiqardi.
Har doimgidek, jamoalarimizga imkoniyat yaratib beradigan hisob-kitoblarimiz ham bu safar ojiy qoldi, afsuski.
Keling, hisoblab ko'ramiz.
Avvalo, “Paxtakor”ning o'zi so'nggi turda iloji bo'lsa, yirik hisobda (buni eslab qoling) g'alaba qozonishi va parallel uchrashuvda “Sharja”ning “Traktor” ustidan g'alaba qozonishi kerak bo'ladi. Ana shunda “Paxtakor” va “Traktor”ning ochkolari teng bo'ladi, o'zaro o'yinlar ham teng (3:3 va 0:0, o'yinlar markazlashgan holda o'tayotgani uchun “safardagi gol qoidasi” bekor qilingan), demak, bu holatda umumiy to'plar nisbati asosiy faktor rolini o'ynaydi.
Hozirda “Paxtakor”da to'plar nisbati – 5-8, “Traktor”da esa, 4-3, ya'ni plyus bir. “Traktor” yutqazsa, shu plyus ham yo'qoladi, ya'ni, “Paxtakor” imkon qadar yirik hisobda g'alaba qozonibgina umid qilishi mumkin. Yoki “Sharja”ning “Traktor”ni yirik yutib berishidan umid qilishi kerak.
Bu tushunarli. “Paxtakor” bir amallab guruhda 2-o'rinni oldi ham deylik. Bu etarli emas, chunki, mintaqamizdagi 5 guruhdan eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lgan faqat 3 jamoa keyingi bosqichga chiqadi. Ya'ni, “Paxtakor” pley-off uchun nafaqat “Traktor”, balki, narigi 5 g'arbiy guruhdagi 2-o'rin sohiblaridan ham ikkitasini ortda qoldirishi lozim bo'ladi.
Guruhlarni ko'rib chiqamiz.
E guruhida 2-o'rinda borayotgan “Al Vahda” guruhida 10 ochko bor, demak, bu guruhdan “non yo'qligi” tushunarli.
S guruhida “Al Ahli Jidda” va “Istiqlol” (Eron) jamoalari 5 turdan so'ng, 7 tadan ochko to'plashib, ikkinchi va uchinchi o'rinlarni bo'lishib turishibdi. So'nggi turda bu jamoalar o'zaro to'qnash keladilar, demak, o'sha o'yin qanday tugashidan qat'i nazar, 2-o'rinni olgan jamoa kamida 8 ochko to'playdi. “Paxtakor”da esa, maksimum 7 ochko bo'ladi xolos va ularni quvib o'ta olmaydi.
D guruhida “An Nasr”da 8 ochko va hozircha guruh peshqadami – “Paxtakor”ning qizil chizig'idan o'tib olgan. 3-o'rinda borayotgan “Fulad”ning 2-o'rindagi “Al Sadd” bilan o'yini bor. Hozirda “Al Sadd”da 7, eronliklarda esa, 5 ochko bor. Demak, bu o'yin qanday natija bilan tugashidan qat'i nazar, yo “Al Sadd” kamida bir ochko olib, ochkolar sonini 7 tadan ko'paytiradi yoki “Fulad” g'alaba qozonib, ochkolari sonini 8 taga etkazadi, tamom.
“Paxtakor” so'nggi turda o'zi uchun kerakli hisobda g'alaba qozonib, guruhdagi parallel o'yindagi hisob ham jamoamiz istaganidek yakun topgan taqdirda ham, eng yaxshi uch 2-o'rin sohiblari orasiga kirish imkonsiz. Kamida S, V va E guruhlarining ikkinchi jamoasi 7 tadan ko'proq ochko to'plashi aniq.
Demak, “Paxtakor”ning joriy mavsumda xalqaro maydonda faqat bitta keraksiz o'yini qoldi xolos.
Qahramon Aslanov
Manba: https://t.me/asl_futbol