Zlatan uch yilga futboldan chetlatilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 145

UEFA Zlatan Ibrahimovich bo'yicha tergov boshlanganini rasman tasdiqladi.
Shvedning bukmekerlik idoralari bilan aloqasi borasidagi ishni ko'rib chiqish uchun tartib intizom qoidalari bo'yicha maxsus inspektor tayinlandi.
2018 yilda Zlatan Bethard bukmekerlik idorasidan ma'lum bir ulushni sotib oldi. Bu esa to'g'ridan-to'g'ri UEFA va FIFA qoidalarini buzish hisoblanadi.
Chunki futbolchilar va murabbiylarga bukmekerlik kompaniyalaridagi aktivlari bo'lgan professional turnirlarda qatnashish taqiqlanadi.
Buning uchun Ibrahimovichning diskvalifikatsiya qilinish xavfi bor. Maksimal muddati uch yil.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
201