Rednapp: "Keynni dunyodagi biror bir markaziy hujumchi bilan almashtirmasdim"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 155

Xarri Rednapp «Tottenxem» hujumchisi Xarri Keyn haqida gapirdi. Uning so'zlariga ko'ra, Keyn top-klublar uchun chempionlikni ta'minlay oladigan futbolchilar sirasiga kiradi.
«Menimcha, u jamoasida qoladi. Nazarimda, yangi menejer kelib, uni mavsum oralig'ida jamoa kuchayishiga ishontiradi. Hozirda undan yaxshiroq futbolchi yo'q. Shaxsan men uni dunyodagi biror bir markaziy hujumchi bilan almashtirmasdim.
U, albatta, «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» yoki «Liverpul»ga chempionlikni taqdim etishi mumkin. Biroq nazarimda «Tottenxem» uni ushlab turishi kerak», - deydi Rednapp.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
361