So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Egasiz» va kayfiyatsiz qolgan «Paxtakor»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131
Taniqli futbol mutaxassisi Nodirxo'ja Yo'ldoshev "Paxtakor"ning hozirgi holatiga to'xtaldi.
Shota Arveladzedan keyin hozirgi «Paxtakor», domlasi chiqib ketgach talabalarga qarab turishga qo'yib ketilgan «starosta» qo'liga qolib ketgan auditoriyaga o'xshab qoldi. Ming qilsa ham, ming aqilli bo'lmasin, «starosta» ham bu talaba, domla emas.
Jamoa Sharjaga kelganiga 15 kundan oshdi. Klub bilan na direktor, na texnik, na sport direktori bor. Mansab bo'yicha eng kattalari bu marketing, matbuot. Bundan keyin jamoaning moliyaviy holati qanday bo'lishi mavxum. Lekin bu klubni o'z holiga tashlab qo'yish uchun asos bo'lmaydi. «Paxtakor»da bir kun unday, bir kun bunday bo'lib kelgan. Bu yangilik emas, har bahor bo'lar takror. O'zim 8 yil ishlagan bo'lsam, har 2-3 yilda bir katta qiyinchilikka duch kelar edik. Lekin cho'kayotgan kemadan tushib qolishni birov hayoliga keltirmasdi. Bu klubda ishlab bitta velosiped olmaganman. Lekin bu klubda ishlab so'nggi uch yilda tuvagi tillodan bo'ldi ayrim insonlarni. Ammo qiyin payt kelganda, ular yo'q.
Boshiga Piterdan o'pkalandim. Bosh murabbiy sifatida rulni qo'lga oladigan darajada emasligi ko'rinib turibdi. Lekin hech bo'lmasa futbolchilarni ruxan qo'llab turishi kerak bo'lgan kishilarni jamoada yo'qligida uning aybi yo'q. Oddiygina Sergeevni olaylik. U jamoadan ketmasdi, agarki qo'shimcha so'ragan mablag'ini berishganida. Oddiy matematika, Sergeev so'ragan pul Turg'unboevning maoshi va unga berilishi kerak bo'lgan transfer summasiga deyarli teng. Turg'unboevdan farqli ravishda Igorni OChLda o'ynatib, kerakli natijaga erishib olgach kami 500 ming AQSh dollariga sotish mumkin edi.
Jamoa Hamrobekovni berib yuborgach, o'rniga mos o'yinchini topa olmadi. Hech bo'lmasa «dubl»dan olib chiqmadi. «Olimpik»ka o'tgan paxtakorchilar esa gullab-yashnayapti. Na ichki resursdan, na tashqidan unumli foydalana olmagan klubning OChLdagi muvaffaqiyatsizligiga aslida bo'lib o'tgan so'nggi 4ta o'yin sabab emas. Muammo 2020 yil dekabr oyidan boshlandi. Shota ketgani bilan klub qoldiku? Stadion hamon o'sha, hamma bilgan Islom Karimov manzilida turibdi. Qibraydagi baza osmonga uchib ketmadi. Logotip o'zgarib qolmadi. Nima uchun ertaga bari-bir ketamiz kayfiyati bilan ishladi klub xodimlari, ertani kutishdan nima foyda, yana pul qaytib qolsa, Shota kelib qoladi degan umid bilan yashashmi, bu? Kelmasachi, ketiladimi? Yaxshisi hozir ketish kerak.
Dastlabki ikki turdan keyin futbolchilar bilan murabbiydan tashqari kim gaplashdi? Kecha Piterning bir gapi yoqdi, bolalarni o'ziga aytibdi. Chiqa olmasak ham, keyingi 6 ochko bizniki bo'lishi kerak. Bu erda shon shuhrat emas, g'urur uchun o'ynash kerak bo'lgan ikkita bahs qolganini takidlagan. Bu olti ochko esa 2022 yil «Navbahor», «Nasaf», «So'g'diyona», «Qo'qon-1912» kabi klublar uchun ko'proq kerak. Aynan shu 6 ochko OChLdagi kvotalarimiz sonini 2+2 ko'rinishga olib kelishi mumkin.
Bugun o'yin, bu postimni deyarli barcha futbolchilar o'qiydilar. Shunga men Sizlarga murojaat qilaman. Juda ko'pchilikning nomidan. Birinchi gapim Sayfievga. O'zingni bosib ol, Farrux! Bu erda mehmonsan. Qiziqqonlik o'tmaydi, hakam bilan tortishaverma, keragi yo'q buni.
Anzur va «Ega»! Aynan Siz ikkingiz eski tizim, ya'ni qiyinchilik ko'rgan «Paxtakor» havosini olgansizlar. Mana shu ikkita o'yin, ikkingizni zimmangizda bo'lishi aniq. Diyor va Xojimatni qo'llang, o'z paytida Sizga ham shunday qarashgan. Ega, esingdami Suyunov va Komoliddin Tojiev Senga qanday mexr berishgan. Qaytaradigan payt keldi. Boyanni yodga olsangchi, maydonga chiqqanda «yorvorardi». Bugun mana shunday Krimetsni ko'raylik. Mayli, chiqa olmasmiz guruhdan, lekin haqiqiy Krimetsni O'zbekiston uchun ko'raylik.
Qolganlar «Paxtakor» uchun yangi. Ular qiyinchilikda faoliyat olib borgan «Paxtakor»da to'p tepmaganlar. Lekin ko'kragingizdagi suratda «Paxtakor» logotipi turibdi. Bu logotip ortida ne-ne mashaqqat bor. Samoga sochilgan yulduzlar, Krasnitskiy degan jarangdor nom, Shkvirin, Qosimov degan afsonalar. Ahmedov va Geynrix degan katta familiyalar.
Shunchaki bir narsani inobatga olib qo'ysangiz bo'lgani, «Paxtakor» mukofot pullari uchun o'ynaladigan yoki IShLAYDIGAN jamoa emas. Shuning uchun, bugungi «jangda» bor irodangizni ko'rsating, bunga qodirsiz. Raqibingiz avtomat tutgan askar emas, Sizdan kuchli bo'lmagan futbolchilar xolos", - deydi mutaxassis o'z telegram kanalida.