«Yuventus» Pirloni bir shart evaziga jamoada olib qoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 160

Turinning «Yuventus» klubi rahbariyati bosh murabbiy Andrea Pirloni qoniqarsiz natijalariga qaramay jamoada olib qolishi mumkin.
Faqat buning uchun «keksa sinyora» kelasi mavsum uchun Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritishi talab etiladi. Bu haqda klub sport direktori Fabio Paratichi ta'kidlab o'tdi.
Andrea o'z lavozimida qolishi uchun ushbu shartni bajarishi kerak. Ayni dam rahbariyat boshqa nomzod haqida o'ylamayapti.
Hozirda «Yuventus» turnir jadvalida 4-o'rinni band etgan. 5-pog'onadagi «Napoli» esa bor yo'g'i 3 ochko bilan ortda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
207