"Barsa" futbolchisiga A seriya grandlari ko'z tikkan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 156

Marca nashrining xabariga ko'ra Frantsisko Trinkao bu yil yozda "Barselona"dan "A" seriya jamoasi tarkibiga ko'chib o'tishi mumkin. O'tgan yozda ham "Braga"dan vingerni sotib olishga urinib ko'rgan "Yuventus" va "Milan" bu safar ushbu transferga jiddiy kirishmoqchi.
Ma'lumot uchun 21 yoshli portugaliyalik futbolchi joriy mavsum "Barselona" safida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozib qo'ydi. Transfermarkt portali Trinkaoni 25 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
214