Erik Garsiyaning keyingi manzili Ispaniya
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131

"Manchester Siti" himoyachisi Erik Garsiyaning yozda erkin agent sifatida "Barselona"ga o'tishi deyarli aniq bo'lmoqda.
"Shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Liga kubogi finalidan so'ng, ushbu masala yuzasidan to'xtalib o'tdi.
"Erik Garsiya mening sevimli futbolchilarimdan biri. Bugun u ro'yxatda yo'q edi, chunki u "Barselona"ga ketyapti deb o'ylayman", - dedi Pep.
Jurnalist Fabritsio Romano ham ta'kidlashicha, Erik Garsiya yozda erkin agent sifatida "Barselona"ga borib qo'shiladi va klub bilan 2026-yilgacha shartnoma imzolaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
244