«Borussiya D» Bellingemni sotmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 150

Dortmundning «Borussiya» klubi kelayotgan yozda yarim himoyachi Jud Bellingemni sotmoqchi emas. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar taratdi. Ayni paytda futbolchiga Angliyaning qator klublari qiziqish bildirishmoqda. O'z o'rnida dortmundliklar ham angliyalik futbolchiga umid bog'lashgan.
Bellingem «Birmingem» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. «Borussiya D» safida 2020 yilning iyulidan buyon to'p suradi. Joriy mavsumda 17 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 42ta uchrashuv o'tkazdi.
Manba: interfutbol.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
263