Pirlo: «Biz UEFA tahdidlaridan qo'rqmaymiz»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140

«Yuventus» bosh murabbiyi Andrea Pirlo UEFA tomonidan klubga nisbatan qo'llanilishi mumkin bo'lgan sanktsiyalar haqida fikr bildirdi.
Avvalroq, Aleksandr Cheferin dastlab Superliga tarkibiga kirgan barcha o'n ikki klub javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida aytgandi. Matbuotda esa «Yuventus» kelasi mavsum Chempionlar Ligasidan chetlatilishi mumkinligi borasida gaplar bor.
«Biz UEFA tahdidlaridan qo'rqmaymiz. Aksincha, bor e'tiborimizni ishimizga qaratganmiz va tashkilotning klub borasida qandaydir qaror qabul qilishidan xotirjammiz», - dedi Pirlo matbuot anjumani vaqtida.
Ma'lumot o'rnida, ayni paytda «Yuventus» 65 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.
Manba: eurofootball.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
222