Superliga. Yangi mavsumga qur'a tashlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 10574
Bugun poytaxtimizdagi "Milliy" stadionda PEPSI Superligasi yangi mavsumiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Avvalroq, Superliganing 2019 yilgi mavsumida 14ta klub ishtirok etshishi xabar qilingandi. O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Litsenziyalash qo'mitasi “Surxon” hamda “Dinamo” klublariga shartli ravishda Superliga yo'llanmasini taqdim etgan. Qur'aga ko'ra PEPSI Superligasi birinchi turida quyidagi juftliklar o'zaro bahs olib boradigan bo'lishdi: PEPSI Superligasi, 1-tur
"Surxon" - "Metallurg" "Dinamo" - "Nasaf" "So'g'diyona" - "Bunyodkor" "Paxtakor" - "Lokomotiv" "Navbahor" - "Qo'qon-1912" "Andijon" - "Qizilqum" AGMK - "Buxoro"
Eslatib o'tamiz, 1-tur uchrashuvlar 8 mart kuni boshlanadi. Quyida e'tiboringizga qur'a tashlash marosimidan olingan fotosuratlarni havola qilamiz:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!