Sherzod Mamutov Tokio-2020 Olimpiadasiga yo'llanma oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 182

Poytaxtimizda start olgan qilichbozlik bo'yicha Tokio-2020 litsenzion musobaqasi terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli boshlandi. Biroz avval hamyurtimiz Sherzod Mamutov Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan vakilimiz chorak finalda Tsingapur, yarim finalda Qozog'iston vakilini mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'ldi. Olimpiada yo'llanmasi uchun kechgan final bellashuvida gonkonglik Xo Tin Lovni 15:7 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bu bilan yosh sablyachimiz Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari yo'llanmasini ham naqd qildi. Qayd etish joiz, bu bilan terma jamoamiz ilk bor qilichbozlikning sablya yo'nalishida Olimpiadaga yo'llanma olmoqda.
O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi O'zbekiston qilichbozlik federatsiyasini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, boshqa vakillarimizga ham mana shunday g'alabalar tilab qoladi.

Bosh sahifaga
254