Xorazmda O'FA o'quv-kurslari bo'lib o'tmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4170
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan yurtimizda faoliyat olib borayotgan murabbiylarga ta'lim berish bilan birga ularning bilimlarini muntazam ravishda yangilab borish yo'lida ham ko'plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 23 fevral kuni Xorazm viloyatidagi murabbiylar uchun bilimlarni yangilash bo'yicha O'FAning birinchi modul o'quv-kurslari boshlandi. Mazkur kurslarda Zoir Hasanov instruktor sifatida, Anvar Alimov esa koordinator sifatida faoliyat yuritmoqda. 27-30 mart kunlari mazkur kurslarning ikkinchi moduli bo'lib o'tadi. Unda murabbiylar amaliy va nazariy imtihonlar topshirishadi. Imtihonlardan muvaffaqiyatl o'tgan murabbiylar uch yil davomida murabbiylik faoliyati bilan shug'ullanishlari mumkin bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!