Polshadagi jahon chempionati yakunlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 209

Polshaning Kelse shahrida boks bo'yicha yoshlar o'rtasida jahon chempionati o'z yakuniga etdi. Xabar berganimizdek, bugun yigitlar o'rtasida ikki nafar vakilimiz final jangini o'tkazdi.
Dastlab -52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Shahzod Muzaffarov hal qiluvchi bellashuvda rossiyalik Evgeniy Rojovga qarshi jang o'tkazdi va 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Shundan so'ng, +91 kg vazn toifasida Jahongir Zokirov ham armanistonlik Ovanes Papazyanga qarshi final bahsini muvaffaqiyatli o'tkazib, terma jamoamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni taqdim qildi.
Shu tariqa, boks bo'yicha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi mazkur musobaqada 3 ta oltin, 1 ta kumush va 6 ta bronza medallarini jamg'arishdi. Eslatib o'tamiz, kecha qizlar o'rtasida ham hal qiluvchi bahslar o'tkazilib, unda jamoamiz 1 tadan oltin va kumush medallarni qo'lga kiritgan edi.
Manba: @OlympicUz
Bosh sahifaga
225