So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Gvardiola: “UEFAdan yilni 400 kungacha uzaytirishni so'rash kerak”
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar Ligasining yangi formatidan norozi bo'ldi.
“Har safar shunday bo'ladi. Futbolda hamma sifatni oshirishni talab qilmoqda, UEFA esa miqdorni talab qilmoqda. Jarayon biz uchun mas'ul emas, shuning uchun UEFA va FIFAdan yilni uzaytirishni so'rashimiz kerakmi? Rostini aytsam, bilmayman. Ehtimol, yiliga 400 kun muammoning echimi bo'ladi”, - deya murabbiyning so'zlaridan iqtibos keltiradi BBC.
Ma'lumot uchun, Chempionlar Ligasi guruh bosqichining yangi formatida hozirda o'ynayotgan 32ta o'rniga 36ta jamoa ishtirok etishi rejalashtirilgan. Islohotga ko'ra, guruhlarga bo'linish o'rniga bitta liga tuziladi. Eng yaxshi sakkizta jamoa pley-off bosqichiga yo'l oladi, qolgan klublar esa yangi pley-off bosqichidan o'tishadi. Shunday qilib, klublar amaldagi formatdan oltita ko'proq o'yin o'tkazishlari kerak bo'ladi.
Manba: interfutbol.uz