Gyundogan: "EChLning yangi formati og'ir"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 152

«Manchester Siti» xavbeki Ilkay Gyundogan Chempionlar Ligasining yangi formati haqida gapirdi.
«Superliga atrofidagi voqealarni inobatga olib, Chempionlar Ligasining yangi formatini ham muhokama qilamizmi? Yanada ko'proq o'yinlar. Hech kim futbolchilar haqida o'ylamayapti. Turnirning yangi formati og'ir.
Chempionlar Ligasining hozirgi formati juda yaxshi va futbolchi, muxlislar uchun dunyodagi eng mashhur musobaqa», – deb yozadi Gundo'g'an «tvitter»dagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, 2024 yildan EChLda jamoalar soni 32tadan 36taga etkaziladi va guruh bosqichidagi o'yinlar 6tadan 10taga oshiriladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
233