Nigina O'ktamova o'zbekistonlik bokschi qizlar orasida Jahon chempioniga aylangan ilk sportchi bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 239

Polshaning Kelse shahrida boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.
-54 kilogramm vazn toifasida harakat qiladigan Nigina O'ktamova finalga qadar etib keldi. Hal qiluvchi bahsda o'zbekistonlik bokschi ukrainalik Kristina Lakichukka qarshi to'qnash keldi. Unda hakamlar qaroriga ko'ra O'ktamova g'olib deb topildi.
Shu tariqa Nigina O'ktamova yoshlar o'rtasida Jahon chempionligini qo'lga kiritgan o'zbekistonlik ilk ayol bokschi bo'ldi.
Ushbu musobaqada -64 kilogramm toifasida harakat qilgan Mohinabonu Abdullaeva ham finalga chiqdi. Finalda unga rossiyalik Azaliya Amineva raqiblik qildi. Abdullaeva ushbu bahsda yutqazib qo'ydi va kumush medal bilan cheklandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
229